Matmusavoy shahardan Lagan olib qaytardi. Yo‘l-yo‘lakay o‘y surib, O‘z-o‘ziga aytardi: Bu laganni ko‘tarib Olib borsam qishloqqa, Xotin uni albatta Idish qilar pishloqqa. Tiyib bo‘lmas hech qachon Bola-chaqa deganni. Ular pishloq talashib Sindirishar laganni. Shunda izlab chegachi Men notavon bechora, Qayta kelib shaharga Bo‘ladirman ...

Yurak talpinadi torlikdan kengga, Baxtga yetmoq umrim yillarin olar. Sen ketsang bu g‘amgin dunyoda menga, Faqat sirlashishga yolg‘izlik qolar. O‘zim,yana o‘zim, hijronga -nishon, Armon qo‘llarida bo‘lyapman unut. Sen ketsang bu mubham dunyoda ishon, Qolar faqat ko‘ksi yarador umid. O‘z ismin aytolmay yig‘lar ...

Qiz bolaning va’dalari yolg‘on bo‘lar Sevgisini ochiq aytsa isyon bo‘lar! Uyat, iffat tark etmasin o‘zbek qizin! Ibosizning ishqin ko‘rib shayton kular! Va’dalarni qator tizish yigitlarga! Osmonlardan oyni uzish yigitlarga! Qizlar uchun mehr dilda pinhon bo‘lar! Sevdim deya dunyo buzish yigitlarga! Qiz bolaning ...

Bir bemor kasali qo‘zib turgan kez, Do‘xtirga borgandi, buyurdi parhez. Dedi: — Kamaytiring yog‘liq kabobni, Konyakning o‘rniga torting gulobni. Bedana sho‘rvadan oz-ozdan iching, Somsa va norindan tamom voz keching. Bemor tushib qoldi g‘alati holga, So‘ngra izoh berdi ushbu ahvolga: — Do‘xtirjon, ko‘ngilni qilabering to‘q,...

Baxtsiz yurakdagi armonni quchib, G‘unchasiz bog‘dagi xazonni tutib, Xotira qaridan ishq so‘zin tuyib, Kelmagin endi yor, kelmagin endi. Biz tomon baxt guli cho‘zilib so‘lgan, Ko‘ngillar zanjiri uzilib bo‘lgan, Taqdirga o‘zgasi yozilib bo‘lgan, Kelmagin endi yor, kelmagin endi. Zulmatda o‘chgandir muhabbat shami, Izingda ...

Mag‘rur burgut edim g‘amlik ko‘rmagan, Shamollar qo‘ynida lochindek uchdim. Shohzoda edim men kamlik ko‘rmagan, Armon deb atalmish parini quchdim. Ota, orzum edi Ka’batullohni yelkamga opichlab ziyorat qilish. Endi armon bo‘ldi kaftlaringizni, Avaylab yuzimga, ko‘zimga surish. Alam sahrosida qumga cho‘kaman, G‘urbatdan qalbimni qutqarolmadim....

Ko‘zdagi yoshlarni berkitib arang, Majnuntol yonida yig‘ladik qaytdik. Shunday vaqt kelibdi sevganlar qarang, Bugun sevgimizga yor-yorlar aytdik. Sevgi qasrin qurib,shohona bezab, Peshtoqiga go‘zal nomini bitdik. Endi o‘sha qasr, vayrona ichra, Bugun sevgimizga yor-yorlar aytdik. Ikki dil sevsa-yu, birga bo‘lmasa, Buning nomin armon ...